Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

"Qizim, senga bir gapim bor!"

A A A
"Qizim, senga bir gapim bor!"

Maydagap ayol kurakda turmaydigan vaj-bahonalar bilan erkakning kayfiyatini tinim bermay buzaversa, «Siz meni hech sevmadingiz-sevmadingiz! Uni olib bermadingiz, buni olib bermadingiz!» yoki «Falonchining eri u qildi! Pismadonchining eri esa bunga erishdi!» yoxud «Duram vsegda vezyot! Mening peshanamga qanday noshud er bitgan o‘zi!» kabi jonga tegadigan nolishlari ila Xudoning bergan kuni asabga tegib, ming‘irlayversa, chindan ham, kun o‘tib bir kun pichoq borib suyakka qadaladi va oxir-oqibat erkakning ichi muzlab, qalbida na sevgi, na muhabbatdan asar qoladi. Unda qolsa, otasiz o‘smasligi uchun o‘z farzandi haqi, zig‘irday bardosh qoladi, xolos. Pirovardida nihoyatda qaltis bir holat, ya’ni erkakka ilonday sovuq, bemehr ayol bilan o‘lgan kunidan yashashdan boshqa chora qolmaydigan xavfli vaziyat qaror topadi.

Agar ayol shunda ham har gapida zahar tomadigan tilini tiymas, badhazm fe’l-atvorini idora qilib olmas ekan, hayotida qaytmas-tuzalmas hodisa ro‘y beradi: u yo kundoshli bo‘ladi, yo umuman ersiz qoladi.

Ma’lumki, eri tashlab ketgan bunday ayolning sohibi shayton bo‘ladi. Ayol kishining iliq mehri-yu, chin muhabbatiga ehtiyojmand erkak esa anavi badbaxt xotin ustiga olinadigan bo‘lajak kundoshning ko‘ziga tez ko‘rinib qoladi.

Shunday ekan, xulosani o‘zingiz chiqarib olarsiz...

Mazkur maslahat erini o‘zidan qochirib yuborgan, endi ko‘rpasi sovib, ming afsus qilayotgan Xudo bezor juvonlarga emas, balki hali turmush qurmagan bokira qizlarga berilgan. Binobarin, ortiqcha gap ortiqchadir.

Kiritildi: 05:30 12.04.2021. O'qildi: 4519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!