Majburiy ijro byurosi Qiziltepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi Oqrabot MFYda joylashgan fuqaro N.H.ga tegishli xonadonda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan va gaz xisoblagich uskunasiz 1 dona isitish pechi, 1 dona gaz plitasi orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelib, Navoiy viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali manfaatlariga jami 6 115 353 so‘mlik moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.
O‘z harakatlarini noqonuniy ekanligini tushungan N.H. 28.11.2018 yilda Navoiy viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali manfaatlariga yetkazilgan 6 115 353 so‘m zararni to‘liq qoplagan.
To‘plangan hujjatlar yuzasidan 04.12.2018 yilda N.H.ga nisbatan MJtKning 101-moddasi bilan eng kam oylik ish haqining 5 barobari, ya’ni 1 013 650 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.