Yamanda Qizil dengizda husiylar hujumidan keyin hibsga olingan Rossiya fuqarosi mamlakatni tark etib, uyiga qaytdi.
Bu haqda husiylar nazoratidagi Tashqi ishlar vazirligi e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kemaga qilingan hujumdan keyin taxminan sakkiz oy davomida hibsda bo‘lgan rossiyalik dengizchi Sanada davolanishdan o‘tdi va keyin Rossiyaga jo‘natildi.
Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, gap Aleksey Galaktionov haqida ketmoqda. U 2025 yil iyul oyida husiylar hujumidan keyin cho‘kib ketgan Gresiyaga tegishli yuk kemasi ekipaji a’zosi bo‘lgan va jarohat olgan.
Xusiylar nazoratidagi agentlik xabar berishicha, Tashqi ishlar vazirligi Rossiya fuqarosi BMTning maxsus vakili bilan muvofiqlashtirilgan holda BMT samolyotida evakuasiya qilinganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, uning ketishi davolanishini tugatgandan so‘ng tashkil etilgan. Shuningdek, bundan oldin Rossiya rasmiylari va Eron tomoni bilan aloqalar bo‘lganligi ta’kidlangan.
Avvalroq, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar Liberiya bayrog‘i ostidagi Eternity C kemasini cho‘ktirgan edi, kemada 22 ekipaj a’zosi va uchta qurolli qo‘riqchi bo‘lgan. Hujum ikki kun davom etdi, dengiz dronlari va raketa granatalari ishlatilgan.
G‘azoda urush boshlanganidan beri husiylar 100 dan ortiq kemaga hujum qilishdi va falastinliklar bilan birdamlikda harakat qilayotganliklarini da’vo qilishdi. O‘tgan yilning oktyabr oyida sulh e’lon qilinganidan so‘ng, ular hujumlarini to‘xtatdilar.