Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Qiyin ahvolga tushganlar uchun kredit to‘lashda yengilliklar beriladi

Qiyin ahvolga tushganlar uchun kredit to‘lashda yengilliklar beriladi

Markaziy bank qaroriga ko‘ra, moliyaviy qiyinchilikka uchragan, murakkab hayotiy vaziyatga tushgan yoki fors-major holatlar sabab kredit to‘lay olmayotgan iste’molchilar uchun banklar yengilliklar berishi shart.

Endilikda har bir bank o‘z rasmiy saytida quyidagilar bo‘yicha aniq tartib joylashtirishi kerak:
➖ kredit to‘lovini kechiktirish, muddatni uzaytirish, foizni qayta ko‘rib chiqish kabi restrukturizasiya turlari;
➖ ariza qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi;
➖ talab qilingan hujjatlar ro‘yxati;
➖ qaror qabul qilish muddati va iste’molchini xabardor qilish tartibi.
Ayniqsa, homiladorlik va tug‘ish ta’tilidagi ayollar uchun kredit to‘lovlari 10 oygacha uzaytirilishi tartibi majburiy ko‘rsatilishi lozim.

Ya’ni, qiyin ahvolda qolganlar uchun kredit yukini yengillashtirish bo‘yicha aniq huquqiy mexanizm yaratildi.

Kiritildi: 07:50 23.11.2025. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!