Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Qirg‘izistonning sobiq prezident Almazbek Atambayev sirtdan 11,5 yillik qamoqqa hukm etildi

Qirg‘izistonning sobiq prezident Almazbek Atambayev sirtdan 11,5 yillik qamoqqa hukm etildi

Qirg‘iziston sudi mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni mol-mulki musodara qilingan holda sirtdan 11,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U uchta jinoiy ish bo‘yicha aybdor deb topildi. Atambayev noqonuniy boylik orttirish, yer uchastkalarini egallab olish va 2019 yil Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishda ayblangan.

Shuningdek, sud Atambayev va sobiq bosh vazir o‘rinbosari Asqarbek Shodiyevga davlatga 5,4 milliard som (qariyb 60 million AQSh dollari) to‘lash majburiyatini yukladi. Shodiyevning o‘zi mol-mulki musodara qilingan holda 15,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ozodlikka chiqqanidan keyin u uch yil davomida davlat lavozimlarida ishlay olmaydi.

Kiritildi: 12:10 04.06.2025. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!