Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qirg‘izistonliklarga Rossiyaga borishdan vaqtincha voz kechish tavsiya etildi

Qirg‘izistonliklarga Rossiyaga borishdan vaqtincha voz kechish tavsiya etildi

Qirg‘iziston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi Rossiyaga kirish uchun uzrli sabablari bo‘lmagan qirg‘izistonliklarga uning hududiga borishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qiladi.

Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tavsiyalar Rossiya hududida joriy etilgan qo‘shimcha xavfsizlik choralarini davom ettirish va chet el fuqarolarining davlat chegarasi orqali o‘tishi ustidan nazoratni kuchaytirish rejimi bilan bog‘liq.

Zarur hollarda Qirg‘iziston fuqarolari tegishli yordam yoki elchixonadan maslahat olishlari mumkin.

Kiritildi: 20:49 05.09.2024. O'qildi: 1785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!