Qirg‘iz Respublikasida Mahalliy kengashlarga saylovlar boshlandi.
Bugun qirg‘izistonliklar 33 ta shahar kengashi va 231 ta qishloq kengashiga deputat saylaydi. Jami 4928 nafar nomzod va 39 ta partiya ro‘yxatga olingan.
Avvalroq, ma’muriy-hududiy islohotlar doirasida ayrim shahar va qishloqlar kengaytirildi, mahalliy kengashlar tarqatib yuborildi va yangi saylovlar belgilandi.