Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Qirg‘izistonga o‘tuvchi yuk avtotransport vositalari haydovchilariga muhim xabar berildi

A A A
Qirg‘izistonga o‘tuvchi yuk avtotransport vositalari haydovchilariga muhim xabar berildi

2025 yil 2-4 avgust kunlari ushbu davlat bilan chegarada joylashgan bojxona postlarida yuk avtotransport vositalarining qisqa muddatli navbatlari yuzaga kelishi mumkin.

Bu haqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qirg‘iz Respublikasi bojxona organlari faoliyatini raqamlashtirish doirasida ushbu davlatdan tranzit tarzida harakatlanadigan yuk avtotransport vositalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarini yanada tezlashtirishga xizmat qiluvchi yangi axborot tizimlarini to‘laqonli joriy etmoqda.

Bu esa haydovchilarning bojxonadan o‘tish jarayonlarini soddalashtirish bilan bir qatorda bunga sarflanadigan vaqtni ham sezilarli darajada qisqartiradi.

Shu munosabat bilan Qirg‘iziston Respublikasining chegara o‘tkazish punktlarida hozirda dasturiy texnik ta’mirlash va profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

Shundan kelib chiqib, 2025 yil 2-4 avgust kunlari ushbu davlat bilan chegarada joylashgan bojxona postlarida yuk avtotransport vositalarining qisqa muddatli navbatlari yuzaga kelishi mumkin.

Kiritildi: 16:28 03.08.2025. O'qildi: 1305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!