Qirg‘izistonda vazirlardan biri jamoat joyida chekish qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi.
Mamlakat Ichki ishlar vazirligi ushbu holatga munosabat bildirib, qonun barcha uchun teng ekanini ta’kidladi. Vazirning lavozimi yoki maqomi uni javobgarlikdan ozod qilmasligi qayd etildi.
Rasmiylar bunday choralar jamoat joylarida tartibni saqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilganini bildirdi.