Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida 7 avgust kuni otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda "AKIpress" xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea shaharning Kaarmanskiy ko‘chasida sodir bo‘lgan, otishma oqibatida bir kishi jarohat olgan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoga ko‘ra, ikkita mashinadan 5 erkak tushib, mushtlashib ketgan. Shundan so‘ng ulardan biri to‘pponchadan o‘q uzgan.
Bishkek shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Jinoyat qidiruv boshqarmasi Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 37-122-moddasi 2-qismi 5.15-bandi (odamni o‘ldirishga urinish) bilan jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni qidirmoqda.
"Yuqoridagi fuqarolarning qayerdaligini bilsangiz, quyidagi telefon raqamlariga xabar berishingizni so‘raymiz. Bishkek shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi polisiya boshqarmasi: 0312 48-64-47, 0552 102-906, 0554 102-147 yoki 102", deyiladi xabarda.