Bugun 6 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Qirg‘izistonda sobiq prokuror hibsga olindi

Qirg‘izistonda sobiq prokuror hibsga olindi

Bishkekda Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki xavfsizlik va ichki tergov departamentining sobiq katta prokurori qo‘lga olindi.

Poytaxtning Pervomaysk tuman sudi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan A.U.A. ommaviy tartibsizliklar tayyorlash, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish va uyushgan guruh tuzishda ayblangan. Sud qarori bilan u 2025 yil 9 yanvarga qadar 1-sonli tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda 2024 yil 17 noyabr kuni mahalliy kengashlarga saylov kuni ommaviy tartibsizliklar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan guruh qo‘lga olingani xabar qilingan edi.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari nomiga pochta orqali tahdidlar yozilgan xat kelgan. Keyinroq xat muallifi hibsga olingan. U sobiq harbiy uchuvchi bo‘lib chiqdi.

Kiritildi: 18:12 11.12.2024. O'qildi: 1246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!