Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Qirg‘izistonda Qozog‘istondagi avariya tufayli internetda uzilishlar yuz berdi

Qirg‘izistonda Qozog‘istondagi avariya tufayli internetda uzilishlar yuz berdi

13 noyabr kuni kechqurun Qirg‘izistondagi internet foydalanuvchilari tarmoq ishlashida uzilishlarni kuzata boshlagan. Qirg‘iziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, bu hodisaga tashqi internet-provayderlar liniyasidagi nosozlik sabab bo‘lgan.

“Shu munosabat bilan ayrim aloqa operatorlarida internetga kirishda vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Mutaxassislar barqaror ulanishni imkon qadar tezroq tiklash uchun barcha choralarni ko‘rmoqda”, deb ta’kidlangan vazirlikning rasmiy bayonotida.

Foydalanuvchilarning xabar berishicha, muammolar soat 20:30 dan so‘ng boshlangan. Ular internetning sekin ishlashi yoki umuman ulanishning yo‘qligidan shikoyat qilishgan.

Vazirlik faol tiklash ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Internetdagi uzilishlarga Qozog‘istondagi tashqi internet xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning liniyasida yuz bergan nosozlik sabab bo‘lgani aniqlanmoqda.

Kiritildi: 10:15 14.11.2024. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!