Xabar berilishicha, mamlakat parlamenti bunga oid qarorni qabul qilgan.
Qonunga ko‘ra, navbatdagi ovoz berish prezidentning vakolat muddati tugaydigan yilning yanvar oyining to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkaziladi. 2027 yilda bu sana 27 yanvarga to‘g‘ri keladi.
Qonunga ko‘ra, nomzod Qirg‘iziston fuqarosi, chet el fuqaroligiga ega bo‘lmagan, 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini biladigan va mamlakatda kamida 15 yil yashagan bo‘lishi kerak. Prezident besh yil muddatga saylanadi, bir kishi bu lavozimni ikki muddatdan ortiq egallashi mumkin emas.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda bundan oldingi saylovlar 2021 yilning 10 yanvarida bo‘lib o‘tgan va unda Sadir Japarov 79,23 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan.
Japarov shu yilning birinchi yarmida navbatdagi saylovlarda ham ishtirok etishini ma’lum qilgan edi.