Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qirg‘izistonda OAV va internetda haqorat va tuhmat uchun jazo kuchaytiriladi

Qirg‘izistonda OAV va internetda haqorat va tuhmat uchun jazo kuchaytiriladi

Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi tuhmat va haqorat uchun yuqori jarimalar joriy etish niyatida. Jogorku Keneshning Qonunchilik, huquq-tartibot, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “Qirg‘iziston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi.

Qonun loyihasida ommaviy axborot vositalari va internet saytlarida haqorat yoki tuhmat uchun jismoniy shaxslarga 1000 BHM(100 ming som), yuridik shaxslarga 2000 BHM (200 ming som) miqdorida jarima solish nazarda tutilgan.

Qirg‘iziston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Orozbek Sidiqovning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar ostidagi tuhmat yoki haqoratomuz mazmundagi izohlar uchun ham javobgarlik nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda internetdagi tuhmat va haqorat uchun jazoni kuchaytirish taklif qilinayotgani xabar qilingandi. Bundan tashqari, mamlakatda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibini buzganlik uchun davlat mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, mehnat migrasiyasiga ketayotgan ota-onalarga farzandlarini vasiy va homiylarni aniqlamay qoldirganliklari uchun jarima solish taklif etilmoqda

Kiritildi: 23:00 16.10.2024. O'qildi: 829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!