Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Kamchibek Tashiyev mamlakatda aralash jang san’atini taqiqlash lozimligi haqida gapirdi.
"Aralash jang san’ati - bu, sport emas. Urushning bir ko‘rinishidir. Bunday musobaqalar yoshlarda zo‘ravonlik va agressiya orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin degan tasavvurni paydo qiladi. Biz asosiy e’tiborini ta’lim va ilm-fanga qaratadigan avlodni tarbiyalashimiz kerak.
Shuningdek, u MMA jangchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Olimpiya sport turlariga o‘tishga chaqirdi va Islom tomonlama ham bunday sport turi noto‘g‘ri ekanligini qayd etdi.
Tashiyev mamlakat Olimpiya qo‘mitasi, sport assosiasiyalari, shuningdekb Madaniyat va sport vazirligiga murojaat qilib, mamlakatda MMAni taqiqlash bo‘yicha keskin choralar ko‘rish lozimligini aytdi.