Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Qirg‘izistonda manzil-koloniyalar yopiladi

Qirg‘izistonda manzil-koloniyalar yopiladi

Bu haqda 19 avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda mamlakat adliya vaziri Ayaz Bayetov ma’lum qildi.

"Jazoni ijro etish muassasalari bor - bu qamoqxonalar, manzil-koloniyalar ham bor, ammo u yerga mahkumlar faqat ro‘yxat va nazoratdan o‘tish uchun boradi. Ammo mahkumlar manzil-koloniyalarga bormay qo‘ydi. Keyin biz probasiyani joriy qildik va bu ikki tizim bir-birini takrorlaydigan bo‘lib chiqdi. Kadrlar yetishmovchiligi ham bor edi. Endi bu manzil-koloniyalar tugatilib, barchasi probasiya tizimiga o‘tkaziladi", — deya izoh berdi Bayetov.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 10 dan ortiq manzil-koloniya yopiladi. Tegishli farmonni 4 avgust kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov imzolagan edi.

Kiritildi: 12:35 20.08.2025. O'qildi: 842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!