Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qirg‘izistonda ISHIDga yollash bilan shug‘ullangan 15 kishi ushlandi

Qirg‘izistonda ISHIDga yollash bilan shug‘ullangan 15 kishi ushlandi

Qirg‘izistonning Bishkek va Chuy viloyatida ISHID xalqaro terrorchilik tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib, 24.kg xabar berdi.

Islomiy davlat mafkurasini faol targ‘ib qilayotgan, yoshlarni yollayotgan, terrorchilik xarakteridagi foto va videomateriallarni tarqatayotgan yashirin radikal guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Jami 15 kishi hibsga olingan, ularning uylaridan katta miqdordagi diniy adabiyotlar topilgan. Mazkur holat yuzasidan ekspertiza tayinlandi, — deyiladi xabarda.

Hibsga olinganlardan biri ijtimoiy tarmoq orqali Afg‘onistondagi ISHID a’zosining ko‘rsatmalariga amal qilib, yangi tarafdorlarni jalb qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tarqatilgan foto va video materiallarda terrorchilik faoliyatiga ommaviy da’vat, milliy, irqiy, etnik, diniy yoki mintaqalararo adovatni qo‘zg‘atish hamda konstitusiyaviy tuzumni ag‘darishga da’vat etuvchi belgilar mavjud. Shuningdek, o‘qotar va sovuq qurollardan foydalanish, qo‘lbola portlovchi qurilmalar yasash bo‘yicha o‘quv videofilmlari aniqlangan.

Kiritildi: 08:06 15.06.2024. O'qildi: 958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!