Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Qirg‘izistonda havoni ortiqcha ifloslantirgan mashina egalari jarimaga tortiladi

A A A
Qirg‘izistonda havoni ortiqcha ifloslantirgan mashina egalari jarimaga tortiladi

Bishkekda atmosferaga zararli moddalar chiqishining belgilangan me’yoridan ortiq bo‘lgan transport vositalarini aniqlash bo‘yicha reyd o‘tkazilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmatiga tayanib, AKIpress xabar berdi.

Reyd shahar hokimining o‘rinbosari Jirg‘albek Shamiraliev, Alamedin tumani hokimligi, Tabiiy resurslar vazirligi huzuridagi Ekologik va texnik nazorat xizmati hamda shahar atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan.

Reyd davomida 12 ta qonunbuzarlik holati aniqlangan. Avtomobil egalariga nisbatan Jinoyat kodeksiga asosan 45 ming som (taxminan 5 million 900 so‘m) miqdorida bayonnomalar tuzilgan.

11 iyul holatiga ko‘ra, Bishkekda havo sifati o‘rtacha darajada bo‘lib, kelgusi ikki kunda havo sifati yaxshilanishi kutilmoqda.

Qirg‘izistonda havoni ortiqcha ifloslantirgan mashina egalari jarimaga tortiladi

Skrinshoot: “Daryo”

Qirg‘iziston poytaxtida havo ifloslanishining asosiy sababi PM2.5 zarralari hisoblanadi. U havodagi qattiq mikrozarralar va mayda suyuqlik tomchilarini o‘z ichiga oladi. Katta zarralardan farqli o‘laroq, ular biologik to‘siqlarni yengib, tanaga kiradi va shuning uchun inson salomatligiga tahdid solishi mumkin.

Kiritildi: 03:45 12.07.2023. O'qildi: 1034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!