Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qirg‘iziston va Turkmanistonda Rossiya telekanallari to‘sib qo‘yildi

Qirg‘iziston va Turkmanistonda Rossiya telekanallari to‘sib qo‘yildi

Qirg‘izistonda Rossiyaning bir qancha Butunrossiya davlat televideniye va radioyeshittirish kompaniyasi telekanallari bir tomonlama ravishda vaqtincha to‘sib qo‘yildi. Bu haqda Qirg‘izistonning Aknet telekommunikasiya kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Rossiya telekanallarining vaqtincha ishlamasligiga "bir qator mamlakatlarda umumrossiya telekanallarini xalqaro sun’iy yo‘ldoshlarda tarqatish bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik cheklovlari" sabab bo‘ldi.

Endi barqaror signal uchun zahiraviy translyasiyani tashkil qilish ishlari olib borilmoqda.

Rossiyaning ikkita telekanali – “Rossiya 1” va “Zvezda” telekanallarining ko‘rsatuvi Turkmanistonda ham to‘sib qo‘yilgan, ular mamlakatning eng yirik lisenziyalangan aloqa operatori “Ashxobod shahar telefon tarmog‘i” YOAJ tomonidan translyasiya qilinadi.

Ushbu kanallarga o‘tishda quyidagi e’lon paydo bo‘ladi: "Telekartaga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, butun Rossiya telekanallarini xorijiy sun’iy yo‘ldoshlardan ko‘rsatishga cheklov qo‘yilganligi sababli telekanalning translyasiyasi to‘sib qo‘yilgan. Ayni paytda biz zahiraviy translyasiyani tashkil qilish ustida ishlamoqdamiz, shundan so‘ng translyasiya to‘liq tiklanadi”.

Turkmanistonda mavjud bo‘lgan qolgan Rossiya telekanallari avvalgidek efirga uzatilishda davom etmoqda.

Kiritildi: 14:08 27.05.2022. O'qildi: 4868 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!