Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qirg‘iziston Savdo-sanoati palatasi prezidenti: "Ushbu loyiha O‘zbekiston uchun ham kerakli"

Qirg‘iziston Savdo-sanoati palatasi prezidenti: "Ushbu loyiha O‘zbekiston uchun ham kerakli"

Qirg‘iziston Respublikasi Savdo-sanoati palatasi prezidenti Temir Sariyev “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘l loyihasi haqida gapirdi.

“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘l loyihasiga kelsak, bu biznes uchun juda muhim ahamiyatga ega.

Ushbu loyiha O‘zbekiston uchun ham kerakli. Bu boradagi masalalarni oldin muhokama qilgandik. Biroq, uzoq vaqt davomida ma’lum natijalarga erishilmadi. Bugun esa, uni batafsil muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldik. XXR, O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlarining bu borada siyosiy irodasi bor. O‘tgan yili Samarqandda tegishli hujjatlar imzolandi va bu loyihaga oid ishlarga katta turtki beradi.

Joriy yil o‘rtalarida uning birinchi texnik iqtisodiy asoslari tayyor bo‘lishi, yil oxirida yoki keyingi yil boshlarida qurilish ishlari boshlanishi kutilmoqda. Yo‘lning qurilishi bizning iqtisodiy, savdo, logistika, transport imkoniyatlarimiz bir necha barobar oshirish, mamlakatlarimizga tranzit yuk tashuvlari orqali daromad olish imkonini beradi", dedi u.

Kiritildi: 14:42 26.01.2023. O'qildi: 2298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!