Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi sanasi aniq bo‘ldi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi sanasi aniq bo‘ldi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning keyingi tashrifi O‘zbekistonga amalga oshiriladi. Ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayevning ma’lum qilishicha, tashrif 11-12 mart kunlari bo‘lishi rejalashtirilgan.

U ko‘plab davlatlardan takliflar bo‘layotganini qayd etib o‘tgan.

«Prezident o‘z chiqishida ilk tashriflari qo‘shni davlatlarga – Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoyga bo‘lishini istashini aytgan», degan Kazakbayev.

U tashriflar grafigi O‘zbekistonga tashrifdan keyin tuzib chiqilishini qo‘shimcha qilgan.

Qirg‘izistonda 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan oldingi prezident saylovlarida g‘olib chiqqach, Sadir Japarov o‘zining ilk xorijiy tashrifini fevral oyi oxirida Rossiyaga uyushtirgandi. Mart oyining ilk kunlarida esa u Qozog‘istonda bo‘lib, Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Kiritildi: 17:10 04.03.2021. O'qildi: 2582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!