Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qirg‘iziston ko‘mir eksportini taqiqladi

Qirg‘iziston ko‘mir eksportini taqiqladi

Qirg‘iziston Vazirlar kabineti mamlakatdan ko‘mirni YEOII bojxona hududidan tashqariga olib o‘tishni vaqtincha taqiqladi.

Qarorga ko‘ra, taqiq olti oy muddatga joriy etiladi. “Irkeshtam-Avtodorojniy” va “Torugart-Avtodorojniy” yo‘l punktlaridan tashqari hamma joyda taqiqlangan. Cheklov “Qirg‘izko‘mir” davlat korxonasi tomonidan YEOII Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2701 va 2702 kodlari bo‘yicha tasniflangan ko‘mirni avtomobil transportida Qirg‘iziston Respublikasi davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari orqali eksport qilganda qo‘llanilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vazirligi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlardan tamaki mahsulotlarini Qirg‘iziston hududiga olib kirish, tranzit va reeksport qilishni olti oy muddatga taqiqlashni taklif qilgan edi.

Joriy yilning avgust oyida mamlakatdan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bojxona hududidan tashqaridagi joylarga metall parchalari va chiqindilarini olib chiqishga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiq uzaytirildi.

Kiritildi: 16:32 22.11.2024. O'qildi: 366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!