Qirg‘iziston telekanallariga rus tilidagi ko‘rsatuvlarni efir vaqtining 40 foizidan oshirmaslik buyurildi.
Shu maqsadda "Qirg‘izfilm" va "Qirg‘izserial" fondlari tomonidan tayyorlangan 400 dan ortiq badiiy film, 40 ta multfilm va 10 ta serial telekanallarga bepul taqdim etildi.
"Biz xususiy telekanallar faoliyatiga to‘sqinlik qilmaymiz. Ammo qonun, ayniqsa davlat tiliga oid me’yorlar qat’iy bajarilishi shart. Tomoshabinlar huquqlarini himoya qilish bizning majburiyatimizdir" - dedi Qirg‘iziston madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vaziri o‘rinbosari Marat Tagayev.