Majburiy ijro byurosi Oltinko‘l tuman bo‘limi ish yurituviga FIB Andijon tumanlararo sudining 02.07.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.N.dan undiruvchi X.N. foydasiga ikki nafar farzandi uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan qarzdor A.N. aliment qarzini to‘lashi lozimligi haqida bir necha marta ogohlantirilgan, shunga qaramasdan aliment to‘lashdan qochib yashiringanligi uchun qarzdorga nisbatan 2024 yilda qidiruv e’lon qilingan.
Byuroning qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida qarzdor A.N. 30.06.2025 yilda topildi hamda byuroning Oltinko‘l tumaniga olib kelinib, davlat ijrochisiga topshirilgan.
Aliment qarzlarini to‘lamaslik ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi yuzasidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida qarzdor 2019 yildan beri to‘lanmagan 80 mln so‘m aliment pullarini to‘lab berdi.