Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Qidiruvdagi 62 ta jarimasi bor JETOUR jarima maydonchasidan joy oldi

Qidiruvdagi 62 ta jarimasi bor JETOUR jarima maydonchasidan joy oldi

Ma’lumki, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish har bir haydovchidan talab etiladi. Biroq, ana shu majburiyatni unutish albatta haydovchining cho‘ntagiga zarar.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari va yo‘l harakati inspektorlari bilan o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida transport vositasida 62 marotaba qoida buzgan haydovchi tuzoqqa tushdi.

Aniqlanishicha, mas’uliyati cheklangan jamiyatga tegishli JETOUR tezlik, yo‘l chiziqlari, to‘xtab turish, fuqaroga yo‘l bermaslik kabi qoidalarni buzgan. 60 kun ichida jarima to‘lanmagani uchun Byuro organlari ish yurituviga kelib tushgan.

Aynan o‘tkazilgan Autocon tadbirida transport vositasi jarima maydonchasiga yo‘l oldi.

Kiritildi: 18:59 30.06.2025. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!