Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qibraylik MFY raisi pora bilan qo‘lga tushdi

Qibraylik MFY raisi pora bilan qo‘lga tushdi

Joriy yilning 15 oktyabr kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi fuqaro M.M. Toshkent viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
 
Fuqaro Qibray tumanida joylashgan Bog‘ishamol mahalla fuqarolari yig‘ini raisi X.M. unga uy-joy kadastr bo‘limiga taqdim qilish uchun noturar joy bo‘yicha ma’lumotnomani yozib berish evaziga pul talab qilayotganligini ma’lum qilgan. 16 oktyabr kuni Toshkent viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Qibray tumani prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, X.M. o‘z xizmat xonasida fuqaro M.M.dan 1 mln 500 ming so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlandi.
 
Ushbu holat yuzasidan X.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qibray tumani bo‘limi tomonidan olib borilyapti.

Manba: qalampir. com

Kiritildi: 15:46 20.10.2018. O'qildi: 1649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!