Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Qaysi xizmat turlari eng tez o‘smoqda?

Qaysi xizmat turlari eng tez o‘smoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 533,1 trln so‘mni tashkil etdi.

O‘sish sur’atlari eng yuqori xizmatlar — moliya, aloqa va axborotlashtirish hamda ta’lim sohalari.

Xizmatlar turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari quyidagicha:

  • moliyaviy xizmatlar — 124,9 foiz;
  • aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 122,2 foiz;
  • ta’lim sohasidagi xizmatlar — 121,0 foiz;
  • ijara xizmatlari — 117,6 foiz;
  • ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 117,5 foiz;
  • me’morchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar — 115,3 foiz;
  • sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 114,7 foiz;
  • yashash va ovqatlanish xizmatlari — 114,1 foiz;
  • savdo xizmatlari — 114,0 foiz;
  • transport xizmatlari — 113,3 foiz;
  • kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 113,0 foiz;
  • shaxsiy xizmatlar — 111,6 foiz;
  • boshqa xizmatlar — 115,8 foiz.
Kiritildi: 17:11 04.07.2026. O'qildi: 1108 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik