Birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda eng ko‘p foyda olgan sug‘urta kompaniyasi Apex Insurance bo‘ldi — 125,8 mlrd so‘m.
Kompaniya foydasi 2024 yil mos davriga nisbatan 28,8 foizga pasayganiga qaramay, hamon katta farq bilan yetakchi bo‘lib turibdi.
Apex Insurance ILMA e’lon qilgan O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlari reytingida ham yetakchi bo‘lgan edi.
Keyingi o‘rinlardan “O‘zbekinvest” va Euroasia Insurance joy oldi.
Eng ko‘p zarar ko‘rgan sug‘urta kompaniyasi 10,4 mlrd so‘m bilan Asia Insurance bo‘ldi.