Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qaysi sahobalarga hayotlik paytidayoq jannatning xabari berilgan?

Qaysi sahobalarga hayotlik paytidayoq jannatning xabari berilgan?

* Islom taqvimi oyning harakatiga asoslangan. U 365 kundan iborat Grigoryan kalendaridan taxminan 11 kun qisqa. Shu boisdan Ramazon va Qurbon hayiti bayramlari har yili o‘n kun oldinga surilib keladi.

* Odam alayhissalomning bo‘yi 30 zir atrofida bo‘lgan. Zir uzunlik o‘lchovi bo‘lib, bir zir taxminan yarim metrga to‘g‘ri keladi.

* Aholi eng zich yashaydigan musulmon davlati Indoneziyadir. Bu mamlakat 184 million aholisi bilan nufuz bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Hindistondagi musulmonlar soni Suriya, Iroq, Iordaniya, Falastin va Arabiston yarim oroli davlatlari aholisidan ko‘p.

* Oyning bo‘linishi Muhammad sollallohu alayhi vasallamning buyuk mo‘’jizalaridan biridir. O‘shanda Payg‘ambar alayhissalom 52 yoshda edilar. Quraysh mushriklarining rahbarlari kelib: «Agar rostdan ham payg‘ambar bo‘lsang, oyni ikkiga bo‘lib ber-chi», deydi. Ularning hammasi Payg‘abarimizning qarindoshlari edi. Payg‘ambarimiz ularning iymonga kelishini, najot topishini istar edilar. Alloh taologa iltijo qilib qo‘llarini yuqoriga ko‘tardilar. Oy o‘rtasidan ikkiga ajralib, ikki tog‘ning ustiga keldi. Oyning ikkiga ajralganini yo‘lda karvonda kelayotib ko‘rib, nega bunday bo‘lganiga hayron qolgan badaviylar, yahudiylar Makkaga kelganlaridan so‘ng bu Muhammad alayhissalomning ishi ekanini bilib, iymon keltirib musulmon bo‘ldilar. Ammo u zotdan shu ishni talab qilgan mushriklar «Muhammad (s. a. v.) sehr ko‘rsatdi», deya shovqin solib, iymon nuridan bebahraligicha qolaverdi.

* Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 1,2 milliard musulmon yashaydi. Birgina Rossiyaning o‘zida 50 milliondan ortiq musulmon istiqomat qilmoqda. Boshqacharoq aytganda, dunyo aholisining har oltidan biri musulmondir, hozircha...

* Albaniya Yevropadagi aholisining 90 foizi musulmon bo‘lgan yagona davlat.

* Algebra, nol, paxta, divan, guruch, konfet, shafran, balkon so‘zlari ingliz tiliga arabchadan o‘zlashtirilgan. Bular arabchadan inglizchaga o‘zlashgan so‘zlarning ozgina qismi, xolos.

* Oksford va Kembrij universitetining birinchi talabalari matematika, tibbiyot, kimyo, optika va astronomiya fanlarini musulmon olimlari yozgan darsliklardan o‘rgangan.

* Faqat 1932 yilda kisvani (Ka’ba yopinchig‘i) to‘liq Saudiya Arabistoni fuqarolari tayyorlagan.

* Masjidi Nabaviyning tomi ustidan yana qo‘shimcha qavatlar quraversa bo‘ladigan qilib yopilgan.

* Qur’oni karim oyatlari erkak va ayolni tenglashtirgan: «erkak» so‘zi 24 marotaba tilga olingan bo‘lsa, «ayol» so‘zi ham shuncha tilga olingan.

* Qur’oni karimda sut eng foydali ichimlik sifatida, asal esa eng foydali yegulik sifatida tilga olingan.

* Zam-zam suvi Ibrohim alayhissalom davrida Ismoil alayhissalomning chanqog‘ini bosish uchun otilib chiqqan. Keyin orada 2600 yil yo‘qolib ketgan. Shuncha yil o‘tganidan so‘ng Muhammad payg‘ambarimizning bobolari Abdulmuttalib qazib buloq ko‘zini ochgan. Buloqning joyi unga tushida ayon bo‘lgan.

* 10 ta sahobaga hayotlik paytidayoq jannatning xabari berilgan. Ular: hazrati Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Talxa ibn Ubaydullo, Said ibn Zayd, Abu Ubayda ibn Jarra, Zubayr ibn Avvom, Sa’d ibn Abu Vaqqos va Abdur Rahmon ibn Avf.

Kiritildi: 21:55 23.08.2019. O'qildi: 2751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!