Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qaysi davlatda o‘lim jazosi ko‘p qo‘llaniladi?

A A A
Qaysi davlatda o‘lim jazosi ko‘p qo‘llaniladi?

Amnesty International tashkiloti ma’lumotiga qaraganda, 2019 yilda dunyoning 20 davlatida 657 mahkumga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llangan. Tashkilot vakillari oxirgi o‘n yilda ilk bor ijro etilgan o‘lim jazolari soni 700 tadan kam bo‘lganini ma’lum qildi. 

Amnesty International hisobotida o‘lim jazosini eng ko‘p qo‘llaydigan davlat sifatida Xitoy tilga olingan. Aslida, mazkur mamlakat bo‘yicha aniq ma’lumotlar yo‘q, biroq ekspretlar bu yerda har yili minglab kishiga o‘lim jazosi tayinlanishiga ishonmoqda. 

Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili Eronda 251, Saudiya Arabistonida 184, Iroqda 100 va Misrda 32 mahkumga nisbatan o‘lim jazosi ijro etilgan. 

Shuningdek, Amnesty International Saudiya Arabistoni hukumatini o‘lim jazosini muxoliflarga nisbatan atayin qo‘llayotganlikda aybladi.

Kiritildi: 03:00 19.04.2020. O'qildi: 7548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!