Bugun 24 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Qatar va Turkiya Isroil va "Hizbulloh" o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyor

Qatar va Turkiya Isroil va "Hizbulloh" o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyor

Qatar va Turkiya Isroil va Hizbulloh harakati o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.

Bu haqda Ispaniyaning EFE agentligi ma’lum qildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Livan hukumati "Amerika va Yevropadan bir qancha xabarlar" olgan, ularga ko‘ra, "Isroil o‘z fikridan qaytmaydi" va "yagona yechim" Hizbullohning "taslim" bo‘lishidir. Shuningdek, Isroil Livan janubida "10 kilometrlik bufer zona" yaratmoqchi ekani aniqlangan.

"Qatar va Turkiya vositachi sifatida harakat qilishni va Hizbulloh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishni taklif qilishdi”, dedi agentlik manbasi va “har ikki davlat delegasiyasi yaqin bir necha soat ichida Beyrutga yetib borishini” ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 16:10. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!