Shahrisabz shahar IIBga shaharning «G‘alaba» MFYda yashovchi ayol N.S. moddiy tomondan qiynalgan qizlarni Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanishlari uchun yubormoqchi bo‘lgani haqida xabar tushgan.
N.S. Turkiyada bo‘lgan tanishi T.D. va boshqalar bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirgan. So‘ng, 25-30 yoshli yengil tabiatli U.SH. A.G. va J.L.ga «Samarqand–Turkiya» yo‘nalishidagi samolyotga o‘z hisobidan 1 500 AQSh dollariga chipta sotib olib bergan.
Bu uch xotin-qiz Samarqand xalqaro aeroportida samolyotga chiqayotganida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.