Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryodagi YTHda yonib ketgan 8 nafar fuqaro bo‘yicha IIB tafsilotlarni ochiqladi

Qashqadaryodagi YTHda yonib ketgan 8 nafar fuqaro bo‘yicha IIB tafsilotlarni ochiqladi

Avval xabar qilganimizdek, Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda 8 nafar odam yonib ketdi. Ayni paytda viloyat IIB hodisa bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 15 avgust kuni soat taxminan 22:30 larda xalqaro ahamiyatga molik A-380 “G‘uzor -Buxoro-Nukus-Beynau” avtomobil yo‘lining 105 km.da Muborak tumani Qaraqum qishlog‘i hududida “Jentra” rusumli avtomobil haydovchisi “Muborak-Koson” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan “Spark” rusumli avtomashina old qismiga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi va ushbu avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan bir nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan. Bir nafar yo‘lovchi esa tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. “Jentra” rusumli avtomashina haydovchisi va ushbu avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan besh nafar fuqarolar og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:21 17.08.2022. O'qildi: 7901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!