Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryoda Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilib kelgan shaxs 10 sutkaga qamaldi

A A A
Qashqadaryoda Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilib kelgan shaxs 10 sutkaga qamaldi

Fuqaro Sardor Safarboyev (1998 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz, TikTok va YouTube da Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilib kelgan, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan) jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudining 2024 yil 21 fevraldagi qarori bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 184-3-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

2024 yil 23 fevral kuni Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan S. Safarboyevning shikoyati apellyasiya tartibida ko‘rib chiqilib, birinchi instansiya sudining qarori o‘zgarishsiz, apellyasiya shikoyati esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Kiritildi: 17:29 24.02.2024. O'qildi: 8512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!