Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda qalbaki diplom bilan 20 yildan ortiq maktabda ishlagan shaxslar aniqlandi

Qashqadaryoda qalbaki diplom bilan 20 yildan ortiq maktabda ishlagan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Mirishkor tumani bo‘limi soxta diplom bilan ko‘p yillardan beri maktabda ishlab kelayotgan o‘qituvchilarni aniqladi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ikki fuqaro — S.G. va B.A. o‘zlarining Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan berilgan diplomlari qalbaki ekanligini oldindan bila turib, fuqaro S.G. Mirishkor tumanidagi 8-maktabda 1993 yildan 2018 yilga qadar boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi, fuqaro B.A. esa 9- maktabida 1997 yildan 2018 yilga qadar jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlab kelgan.

Tekshirish davomida fuqarolar S.G. va B.A.ga qalbaki diplomlarni yuqoridagi oliygohda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan X.Z. ismli shaxs tayyorlab berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: xs.uz

Kiritildi: 10:50 24.10.2018. O'qildi: 1476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!