Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda MIB orqali 1 mlrd so‘m ish haqi undirildi

Qashqadaryoda MIB orqali 1 mlrd so‘m ish haqi undirildi

O‘tgan 6 oyda 58 ta ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar amalga oshirilgan.

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryoda fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash va ish beruvchilar tomonidan xodimlarga to‘lanmagan ish haqlarini undirish borasida olib borayotgan ijro harakatlari o‘z samarasini bermoqda.

Ijro harakatlari natijasida o‘tgan 6 oyda 58 ta ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha 1 milliard 100 million so‘m undirib berildi.

Misol uchun, "Toza hudud" unitar korxonasidan fuqaro U.Ahmedovaga 64 million so‘m, M.Xolliyarovga esa 42 million so‘m ish haqi undirildi.

Amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida fuqarolar huquqlarini tiklashga, o‘z mehnati uchun adolatli to‘lov haq olishga erishmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:10. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!