Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holatlari fosh etildi

Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda tumandagi "Sevaz" MFYda yashovchi M.M. va Shahrisabz shahri "Sinabog‘" MFYda yashovchi A.U. o‘z uylarining yordamchi xonalarida tashkil etgan yashirin sexlarida yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, tadbir jarayonida 140 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 326 kg. chigit, 4 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ) bilan jinoyatlar ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:42. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!