Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryoda imtihonsiz “prava” olib berishni va’da qilib, fuqaroni 4,5 mln so‘mga chuv tushirgan shaxs ushlandi

A A A
Qashqadaryoda imtihonsiz “prava” olib berishni va’da qilib, fuqaroni 4,5 mln so‘mga chuv tushirgan shaxs ushlandi

Qashqadaryoda haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan yana bir firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida yashovchi X.T. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 4,5 million so‘m miqdoridagi mablag‘ noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi B.X. sodir etgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, B.X. jabrlanuvchi X.T. bilan Telegram orqali tanishib, unga haydovchilik guvohnomasini imtihonlarsiz olib berishda yordamlashishini aytib, oldindan pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborgan. Shuningdek, u jabrlanuvchining qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, “qora ro‘yxat”ga kiritib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan B.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan oldin Toshkent viloyatida soxta sertifikat evaziga haydovchilik guvohnomasi olgan fuqaroga sud hukmi o‘qilgandi. Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2,5 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. May o‘rtalarida Farg‘onada 200 dollarga “prava” olib berishni va’da qilgan avtomaktab rahbari ushlangandi.

Kiritildi: 16:31 25.05.2024. O'qildi: 935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!