Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda er xotinini urib o‘ldirdi

A A A
Qashqadaryoda er xotinini urib o‘ldirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yakkabog‘ tumanida ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ldirilgan" sarlavhali xabarlar tarqalgan.

Aniqlanishicha, 2021 yil 21 oktyabr kuni Yakkabog‘ tumani, “Uyg‘ur” mahallasida yashovchi fuqaro U.E. mast holatda turmush o‘rtog‘i G.X. bilan o‘zaro janjallashib, uni bir necha bor urib, tan jarohati yetkazganligi oqibatda G.X. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 22 oktyabr kuni Yakkabog‘ tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining
97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha U.E.ga Jinoyat kodeksining
97-moddasi bilan ayb e’lon qilinib, "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan Yakkabog‘ tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:59 22.11.2021. O'qildi: 5617 marta. Fikrlar soni: 60 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!