Bosh prokuraturaning xabar qilishicha, Chiroqchi tumanida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan "Tyan-Shan" qo‘ng‘ir ayig‘i otib o‘ldirilganligi holati yuzasidan JKning 202-moddasi (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) 3-qismi "j" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.