Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryoda 3 yoshli bolaning qo‘li go‘shtqiymalagichga kirib qoldi

Qashqadaryoda 3 yoshli bolaning qo‘li go‘shtqiymalagichga kirib qoldi

Viloyat FVB go‘dakning ahvoli bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea 8 may kuni yuz bergan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Navbatchi dispetcherlik xizmatiga 3 yoshli bolaning ehtiyotsizligi oqibatida chap qo‘li go‘sht maydalashga mo‘ljallangan qurilma ichiga kirib qolganligi va uni olishda amaliy yordam kerakligi haqida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, viloyat qutqaruv otryadi qutqaruvchilari aytilgan shifoxonaga yetib borishib, qisqa vaqt ichida tibbiyot xodimlari bilan birgalikda qurilmaning metal bo‘lagini olib tashlashda yordam ko‘rsatishgan.

Tibbiyot xodimlarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda bolaning ahvoli yaxshi.

Kiritildi: 07:00 10.05.2022. O'qildi: 2966 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!