Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qashqadaryoda 3 nafar bloger IIO xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani uchun qamaldi

Qashqadaryoda 3 nafar bloger IIO xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani uchun qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudining ochiq sud majlisida 1987 yilda tug‘ilgan bloger A.A., 1996 yilda tug‘ilgan "Nasaf News" veb-sayti rahbari U.K. hamda avtobloger 1988 yilda tug‘ilgan M.M.ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, 2023 yil 29 may kuni soat 10:20 atrofida fuqarolar A.A., M.M. va U.K.lar Shahrisabz shahar IIB YHXB ma’muriy binosi oldida turgan oq rangli davlat raqam belgisi yechilgan, barcha oynalari to‘liq qoraytirilgan Gentra avtomashinasini kimga tegishli ekanligini aniqlash va sodir etilgan qoidabuzarligi uchun jarima maydoniga joylashtirmoqchi bo‘lgan IIO xodimlariga nisbatan hurmatsizlik va bepisandlik bilan murojaat qilib, sensirab, o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lgan holda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, janjal qila boshlagan.

Shundan so‘ng, olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida oq rangli Gentra avtomashinasi fuqaro A.A.ga tegishli ekanligi, tegishli ruxsatnomalarsiz oynalari tusi o‘zgartirilib qoraytirilganligi, qayta jixoz o‘rnatilganligi, transport vositasiga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilma o‘rnatganligi, davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan yechib olinganligi aniqlangan.

Shu bilan birga, hodisa joyida yana bir davlat raqam belgisi yechib olingan oq rangli barcha oynalarining tusi o‘zgartirilib qoraytirilgan Gentra avtomashinasi turganligi aniqlanib, ushbu avtomashina fuqaro M.M.ga tegishli ekanligi, avtomashinaning barcha oynalarining tusi tegishli ruxsatnomasiz o‘zgartirilib qoraytirilganligi, davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan yechib olinganligi aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudining 2023 yil 29 maydagi qaroriga ko‘ra, A.A. MJtKning 125-moddasi (transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) 3-qismi, 5-qismi, 126-moddasi (ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish) 1-qismi, 127-moddasi (transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni o‘rnatish qoidalarini buzish) 2-qismi, 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga MJtKning 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish) tartibida 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.

U.K. MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

M.M. MJtKning 125-moddasi 5-qismi, 126-moddasi 1-qismi va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga MJtKning 34-moddasi tartibida 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 16:22 30.05.2023. O'qildi: 1276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!