Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryoda 1 mlrd so‘mlik dori vositalari talon-toroj qilindi

Qashqadaryoda 1 mlrd so‘mlik dori vositalari talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Q.X. “J” xususiy korxonasining omborxona mudiri vazifasida ishlagan davrida o‘zining moddiy  javobgarligida bo‘lgan jami 1 mlrd so‘mlik dori vositalari kamomadiga yo‘l qo‘yib, korxonaning juda ko‘p miqdordagi mulkini talon-toroj qilganligi aniqlangan.
 
Mazkur holat yuzasidan Q.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:17 31.03.2021. O'qildi: 2047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!