«O‘zkomnazorat» Inspeksiyasi Qashqadaryo viloyat hududiy shu’basi, Elektromagni moslashuv xizmati hamda Ichki ishlar xodimlari hamkorligida Shahrisabz tumani hududida radioelektron vositalardan ruxsatnomasiz foydalanishning oldini olish maqsadida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.
Ushbu tadbir davomida Shahrisabz tumani, «Bog‘ishamol» MFY, Qorapoycha qishlog‘i hududida olib borilgan radiomonitoring davomida ushbu hududda istiqomat qiluvchi fuqaro X. A. tomonidan 1 (bir) dona qo‘lbola radiouzatish qurilmasidan ruxsatnomasiz foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Bu bilan fuqaro tomonidan radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish (o‘rnatish) va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radioayirboshlash va radiochastotalardan foydalanish qoidalarini buzish, radionurlanishning texnik reglamentlari yoki davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlari talablarini buzgan.