Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.T. “Epica” rusumli avtomashinasida fuqaro R.K.ning tegishli xorijda ishlab chiqarilgan, aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ushlanib, avtomashina yukxonasidan umumiy bahosi 105 mln so‘mlik 585 quti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.