“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Ko‘kdala tumanida “E. X.” fermer xo‘jaligi shartnoma tuzmasdan elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 739,7 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.