Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tumani bo‘limi tomonidan Ko‘kdala tumanidagi “T.S.Q.” MCHJga qarashli savdo do‘konida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2 turdagi jami 1 172 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari sotish uchun tayyorlab qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy daliliy sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Kegeyli tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.S.” xususiy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasi sotuvchisi K.K. fuqaro B.A.ga qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, shundan so‘ng davom etgan tadbirda “I.K.” MCHJga qarashli savdo do‘koni ko‘zdan kechirilganda, ushbu do‘konda sotuvga qo‘yilgan 507 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.