Sudning ijro varaqasiga asosan, javobgar "M.S." MCHJ dan da’vogar "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Toshkent shahar mintaqaviy filiali foydasiga 723.268 AQSh dollari miqdorida kredit qarzdorligini undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Olmazor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Unga ko‘ra, kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan, fuqaro A.J.ga tegishli 4 ta uyga qaratish belgilangan.
Qonun talabi asosida qarzdor korxonaga ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lib, biroq belgilangan muddatda qarz summalari qarzdor tomonidan qoplanmagan.
Shundan so‘ng, Byuroning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, garovdagi uylar xatlandi va ularning ikkitasi onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.
Auksiondan tushgan pul mablag‘lari 723.268 AQSh dollari miqdoridagi kredit qarzdorligini qoplashga yo‘naltiriladi.