Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qarzdorlik evaziga 7 dona kombayn auksionga qo‘yildi

Qarzdorlik evaziga 7 dona kombayn auksionga qo‘yildi

“Zafarobod Agrotexservis” mas’uliyati cheklangan jamiyati AT “Xalq banki” Zafarobod tuman filialidan olgan kredit qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lamadi.

Natijada, Jizzax tumanlararo iqtsodiy sudining ijro varaqasiga asosan Majburiy ijro byurosi Zafarobod tuman bo‘limi tomonidan ushbu holat bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borildi.

Ya’ni, mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli bo‘lgan mol-mulklari bor-yo‘qligi o‘rganilganda, qarzdorga tegishli 7 dona g‘alla o‘rish kombayni borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, ushbu kombaynlar tegishli tartibda xatlanib, sotish uchun “E-IJRO AUKSION” orqali sotuvga qo‘yildi. Hozirgacha bir dona kombayn
227 million so‘mga sotilib, kredit qarzdorligini so‘ndirishga yo‘naltirildi.

Aytib o‘tish kerak, “Zafarobod Agrotexservis” MCHJ.ning bankdan jami qarzdorligi 1 milliard 800 million so‘m bo‘lib, endilikda qolgan 6 dona kombaynlar ham auksion orqali sotiladi.

 

 

 

 

 

 

Kiritildi: 17:53 19.08.2019. O'qildi: 3802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!