Bugun 24 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Qarshi tumanida 361,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi aniqlandi

Qarshi tumanida 361,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan "O‘zenergoinspeksiya" viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Qarshi tumanida faoliyat yurituvchi “K.A.” xususiy korxonasi rahbari va boshqalar korxonaning avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida o‘rnatilgan elektr hisoblagichni yechib olib, jami 361,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 02:23. O'qildi: 191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!